Varshava Ukraina bilan nazorat punktlarini muhim infratuzilma sifatida e’lon qiladi

Jahon 10:41 / 23.02.2024 3663

Ukraina bilan chegarada fermerlarning qayta norozilik namoyishlaridan so‘ng, Polsha rasmiylari qo‘shni davlatga insonparvarlik yordami va qurol-yarog‘ yetkazilishini ta’minlash uchun chegara o‘tish joylarini «muhim infratuzilma» sifatida tasniflash niyatida. Bu haqda 22 fevral, payshanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi

«Harbiy yordam, asbob-uskunalar, o‘q-dorilar, gumanitar va tibbiy yordam Ukraina tomoniga hech qanday kechikishlarsiz yetib borishiga 100 foiz kafolat berish uchun biz Ukraina bilan chegara o‘tish punktlarini muhim infratuzilma obektlari qatoriga qo‘shamiz», — deya Tusk so‘zlarini keltirgan AFP. 

Chegara o‘tish joylariga o‘xshash maqom berish «boshqa turdagi institutsional rejim» ga olib keladi, dedi Tusk, u chegarada fermerlarning norozilik namoyishlariga hali ham ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, bunga aniqlik kiritmadi. Tuskning qo‘shimcha qilishicha, «muhim infratuzilma» Ukrainaga olib boradigan yo‘l va temiryo‘l uchastkalarini ham o‘z ichiga oladi. 

Polsha va Ukraina hukumatlari o‘rtasida polshalik fermerlarning chegaradagi norozilik namoyishlari bo‘yicha muzokaralar 28 martga rejalashtirilgan va shu vaqtgacha bu boradagi muhokamalar vazirlar darajasida davom etadi, dedi Tusk. 

Polsha fermerlarining norozilik namoyishlari 

20 fevraldan boshlab polshalik fermerlar Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qarshi namoyishlarini kengaytirib, nafaqat chegara o‘tkazish punktlarini, balki milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim yo‘llarni ham to‘sib qo‘yishni boshladi. Fermerlar, boshqa narsalar qatorida, soliqlarni oshirish, subsidiyalarni qisqartirish, shuningdek, Yevropa komissiyasining Rossiya hujumi munosabati bilan Ukraina g‘allasining savdo taqiqini bekor qilish qaroriga qarshi. 

Namoyishchilar Ukraina bilan chegaradagi bir qancha nazorat-o‘tkazish punktlarida ham blokadalarni kuchaytirdi, deya xabar beradi Ukraina davlat chegara xizmati. Xususan, boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, «Dorogusk-Yagodin», «Medika-Shegini», «Dolgobichuv-Ugrinov», «Zosin-Ustilug», «Korcheva-Krakovets» va «Grebnoye-Rava-Rossiya» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali yuk mashinalarining harakati to‘liq yoki qisman to‘sib qo‘yilgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha rasmiylarini Polsha-Ukraina chegarasida namoyishchilarning harakatlariga huquqiy baho berishga va chegara blokadasini ochishni ta’minlashga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: