Buxorodagi ikkita MChJ soliq to‘lamagani sababli ularga tegishli issiqxona onlayn auksionga chiqarildi

O‘zbekiston 19:15 / 23.02.2024 3857

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2024 yilning o‘tgan davrida 4,5 mingdan ortiq ijro hujjatlari tamomlanib, 26,9 mlrd so‘m amalda undirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 33,5 mlrd so‘mlik 421 ta mol-mulk xatlovga olinib, shundan 10,8 mlrd so‘mlik 23 ta mol-mulk savdoga chiqarilgan.

Misol uchun, «Firdavs Islom Sabzavot» hamda «Sanobar Samad Sabrina» MChJlar davlat oldidagi 250 mln so‘m soliq qarzlarini to‘lamaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilib, ularga tegishli issiqxona xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: