Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
2024 yilning 13 dekabr kuni ayol Buxoro viloyat perinatal markazida vafot etgan. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, u tug‘uruqxonaga yo‘tal, tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvi ketishi, umumiy holsizlik holatida olib kelingan.
Tarmoqlarda rafiqasi tug‘uruqxonada vafot etgan erkak murojaati tarqaldi. Erkakning aytishicha, u turmush o‘rtog‘ini 2024 yil 12 dekabrda Buxoro viloyat perinatal markaziga isitma bilan olib borgan. 13 dekabrda esa tug‘uruqdan so‘ng vafot etgan. “Ayolim o‘z oyog‘i bilan yurib boryapti, lekin bolnitsada vafot etyapti… Oradan 1 oydan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, tekshiruv organlari ishni o‘rgangani haqida ma’lumot bermayapti”, – dedi u.
Murojaatdan keyin Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, marhuma Sud tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘lim sababi qog‘onoq suvi emboliyasi deb topilgan.
Ko‘rsatilishicha, O.Z. 1992 yil Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. Ayol 2024 yil 12 dekabr soat 21:50 da Buxoro viloyati perinatal markaziga qabul qilingan. Bemor kuchli shamollash alomatlari: yo‘tal, tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvi ketishi, umumiy holsizlik holatida bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bemorda homiladorlik kamqonlik fonida kechgan. Homiladorlikning 14 haftalik muddatida jigar exinokokki tashxisi bilan operativ davolangan.
“Tug‘uruq davomida ayolda kerakli barcha klinik laborator, instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Konsilium asosida standartlarga ko‘ra kerakli davo buyurilgan, kuzatuv davom ettirilgan. Ayolda tug‘uruq milliy standart asosida olib borilgan, operativ tug‘uruqqa ko‘rsatma bo‘lmagan”, – deyiladi munosabatda.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan Buxoro davlat tibbiyot institutining professor-mutaxassislari ishtirokida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilingan. Tibbiy hujjatlar yuritilishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 2 xodimga o‘rtacha oylik maoshidan 30 foiz jarima qo‘llanib, boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

07:54 / 12.07.2025
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi

12:41 / 11.07.2025
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi

08:52 / 13.06.2025
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi

11:43 / 03.05.2025