OChL. «Navbahor» «Al-Ittihod»dan alamli tarzda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

Sport 23:16 / 22.02.2024 31065

«Qirol Abdulloh» stadionida o‘tgan bahsning 25-daqiqasida Jamshid Iskanderov tomonidan uzatilgan to‘pni kutilmaganda Karim Benzema o‘z darvozasiga yo‘llab, namanganliklarni hisobda oldinga chiqardi – 1:0.

Ammo Samvel Babayan shogirdlari tanaffusga g‘olib sifatida chiqib keta olishmadi. 45+6-daqiqada Karim Benzemaning uzatmasidan keyin Hamidullah muvozanatni tikladi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasiga kelib mezbonlar kambek qayd etishdi. Bu ham avtogol evaziga bo‘ldi. Namanganliklarning gruziyalik forvardi Toma Tabatadze to‘pni qaytarish chog‘ida o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 1:2.

Shu tariqa, «Nasaf»dan keyin «Navbahor» ham Osiyo Chempionlar ligasi-2023/24 yilgi mavsum ishtirokini nimchorakfinalda alamli tarzda to‘xtatdi.

22 fevral (payshanba)

OChL. 1/8 final. Javob o‘yini.
«Al-Ittihod» (S.Arabistoni) - «Navbahor» - 2:1
Bosh hakam: Ko Xyun Jin (J.Koreya)
Gollar: Hamidullah 45+6, Tabatadze 87 – Benzema 25 avtogol.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Ruslanbek Jiyanov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorbek Ismoilov, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Asadbek Sobirjonov, 91. Toma Tabatadze.
«Al-Ittihod»: 1. Abdulloh  Al Mayuf, 7. Kante, 8. Fabino, 9. Karim Benzema, 15. Hasan Kadish, 16. Faysal Al Gamdi, 17.Marvan As-Sahaf, 26. Ahmad Hezagi, 30. Saad Al Mosa, 37. Famaz Al Yami, 99. Abdulrazoq Hamidullah.
Chetlatish: Yovan Jokich, 90+8 (N).

Birinchi o‘yin – 0:0.

Ko‘proq yangiliklar: