OChL. «Navbahor» nimchorakfinal dastlabki uchrashuvida «Al-Ittihod» bilan durang o‘ynadi

Sport 20:59 / 15.02.2024 21915

Namanganda mavsumdagi dastlabki rasmiy o‘yinda stadionga 20 mingdan ortiq tomoshabin tashrifi kuzatilib, o‘yingoh muxlislar bilan liq to‘ldi. Samvel Babayan shogirdlari Marselo Galyardo murabbiyligidagi Saudiya Arabistoni chempioniga qarshi birinchi o‘yinda tengma-teng kurash olib borib, durang qayd etishdi. Bahsda hisob ochilmadi – 0:0. Shu kuni Kante va Fabino singari yulduz o‘yinchilar mehmon jamoa safida to‘p surishdi.

Shu tariqa, chorakfinal yo‘llanmasi sohibi bir haftadan keyin – 22 fevral kuni Jiddada o‘tadigan javob bahsida ma’lum bo‘ladi.  

OChL. 1/8 final. Dastlabki o‘yin
«Navbahor» – «Al-Ittihod» - 0:0

Hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)
VAR hakami: Kimura Xiroyuki (Yaponiya);

«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Ruslanbek Jiyanov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abrorbek Ismoilov, 23.Yovan Jokich, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Asadbek Sobirjonov, 91.Toma Tabatadze.
Zaxira: 86.Aleksandr Lobanov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 25.Navro‘zbek Iminjonov, 33.Shodiyor Shodiboyev, 51.Giorgi Nikabadze, 52. Dostonbek Abdulhayev, 53.Alijon Alijonov, 54.Nurmuhammadad Toshpo‘latov, 69.Sherzodbek Abdulboriyev, 88.Ozodbek O‘ktamov, 99.Siyovush Haqnazariy.

«Al-Ittihod»: 1. Abdulloh Al Mayuf, 7.N`golo Kante, 8.Fabino, 15.Hasan Kadish, 16.Faysal Al Gamdi, 17.Marvan Al Sahaf, 26.Axmed Xezagi (s), 33.Madallah Al Olyan, 37.Famaz Al Yami, 90.Romarino, 99.Abdurazzoq Hamdallah.
Zaxira: 35.Muhammad Al Manashan, 4.Omar Ibrohim, 6.Sultan Al Farxan, 27.Axmed Al Gamdi, 29.Farxan Al Shamrani, 30.Saad Al Mosa, 52. Talal Haji, 7. Saleh Al Jaman.

Ko‘proq yangiliklar: