Eronda O‘zbekiston kunlarini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilyapti
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron matbaa sanoati 23-milliy festivalida ishtiroki doirasida ushbu mamlakat madaniyat va islomiy hidoyat vaziri Muhammad Mahdi Esmoiliy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: «Dunyo» AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, Eronda O‘zbekiston kunlarini o‘tkazish, mamlakatlar kino ijodkorlari hamkorligida Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sino merosiga bag‘ishlangan filmlarni suratga olish masalalari muhokama qilindi.
Eron madaniyat va islomiy hidoyat vaziri so‘nggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Muhammad Mahdi Esmoiliy davlatlar yetakchilarining o‘zaro tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni turli yo‘nalishlarda, xususan madaniy sohada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada jadallashtirish maqsadida o‘zaro muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

08:20
Tramp Eronga «misli ko‘rilmagan bombardimonlar» bilan tahdid qildi

20:58 / 30.03.2025
Eron AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

22:41 / 24.03.2025