Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat tayyorlanmoqda

Jamiyat 21:35 / 21.02.2024 16961

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat tayyorlanmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston fuqarosi M.I. 2010 yilda Rossiyaning Moskva shahriga jo‘nab ketgan. 2015 va 2017 yilda uning ikki nafar qizi uy sharoitida tug‘ilgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘q. 

Keyinchalik M.I. bolalarini o‘zbekistonlik vatandoshi J.A. qaramog‘iga tashlab, noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra u Ijyevsk shahri tergov izolyatorida saqlanmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan bolalarni uyda tug‘ilganlik holatini rasmiylashtirish va ularga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: