Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pedofillar va bolalar qotillari uchun umrbod qamoq jazosi joriy etiladi
Mamlakatda ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun jiddiy chora-tadbirlar ko‘riladi.

Foto: Yevgeniy Razumnyy
Qozog‘iston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) birinchi o‘qishda qonunchilikda pedofiliya va bolalarni o‘ldirganlik uchun faqat umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi tuzatishlarni qabul qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
Gap «Ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi haqida bormoqda. Unda, jumladan, voyaga yetmagan yoki nochor holatda bo‘lgan shaxsni qiynoqqa solish, sog‘lig‘iga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi zarar yetkazganlik uchun qamoq jazosi nazarda tutilgan. Hozir bunday jinoyatlar uchun erkinlikni cheklash yoki shartli jazo berilishi mumkin, yangi qonunda ushbu bandlar chiqarib tashlanadi.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirish yoki pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi muqobili bo‘lmagan jazo joriy etiladi.
Shu bilan birga, salomatlikka yengil zarar yetkazganlik uchun, shuningdek, do‘pposlaganlik uchun jinoiy javobgarlik tiklanmoqda.
O‘z joniga qasd qilishga undaganlik yoki o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib etganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan bulling yoki kiberbulling uchun ham ma’muriy jarima qo‘llanadi.
Qonun prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan, uning muhokamasi o‘tgan yildan beri davom etayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi
Fan-texnika | 12:07
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

14:37 / 09.07.2025
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi

21:01 / 17.03.2025
Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga ishda sariq ro‘mol o‘rash buyurildi – OAV

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025