O‘zbekistonda logistika sohasini rivojlantirishga Qatar kompaniyasi jalb qilinadi

Iqtisodiyot 09:39 / 21.02.2024 8250

«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuvda Toshkent shahri Yangihayot tumanida logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qatar tomoniga O‘zbekistonda transport va logistika tizimini rivojlantirish, xalqaro logistika markazlarini barpo etish, mintaqaviy tranzitni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, taklif etilayotgan loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasida tomonlar mazkur loyihani amalga oshirishning yakuniy shartlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: