2023 yilda O‘zbekiston xorijga qiymati qariyb 1,2 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2022 yil bilan solishtirilganda 1,1 foizga yoki 18,9 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (37 foiz), Pokiston (16,7 foiz), Xitoy (12,3 foiz) hamda Qozog‘iston (10,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.