«Bavariya» Tuxelni iste’foga chiqaradi

Sport 15:06 / 21.02.2024 18646

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

«Klub va jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel hamkorlikni belgilangan muddatdan avval yakunlashga qaror qilishdi. Shartnoma 2025 yilning 30 iyun kunigacha imzolangan bo‘lsa-da, kelishuv 2024 yilning 30 iyun kuni bekor qilinadi. Klub bosh direktori Yan-Kristian Drezen va Tomas Tuxelning do‘stona suhbatidan keyin shunday qarorga kelindi», - deyiladi klub xabarida.

Myunxen klubi so‘nggi uch o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, Bundesligada peshqadam «Bayyer»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.

Avvalroq, klubdagi bir qator futbolchilarning jamoa ustozi bilan munosabati sovuqlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: