Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda aholini shimolga ixtiyoriy ko‘chirish dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Mamlakatda aholi soni ko‘p bo‘lgan janubiy hududlardan aholi soni kamayib borayotgan shimoliy hududlarga odamlarni ixtiyoriy ko‘chirish dasturi samara bermagani tan olindi.

Foto: Tengrinews
Qozog‘istonliklarni janubdan shimolga ixtiyoriy ko‘chirish dasturi kutilgan natijani bermadi. Bu haqda Senat spikeri Maulen Ashimbayev ma’lum qildi.
«Ta’kidlash joizki, ayrim hududlarda ijtimoiy-demografik va iqtisodiy nomutanosiblik saqlanib qolayotgani muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda janubiy, g‘arbiy viloyatlar va megapolislarda aholi soni sezilarli darajada oshib bormoqda. Shimoliy viloyatlarda esa aksincha, pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda», dedi Ashimbayev va so‘nggi bir necha yil ichida Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar va Qo‘stonoy viloyatlarida aholi soni kamayganini qo‘shimcha qildi.
«Shu o‘rinda tan olish kerakki, janubdan shimolga ixtiyoriy ko‘chirish dasturi kutilgan natijani bermadi. Umid qilamizki, Senatda ko‘rib chiqilayotgan yangi migratsiya qonuni ishchi kuchi harakatchanligini oshirish bo‘yicha yangi rag‘batlantirish choralarini ko‘rib chiqadi», dedi Senat spikeri.
Ashimbayev dastur nega barbod bo‘lganiga aniqlik kiritmadi, biroq, shimoliy hududlarda injyeneriya va jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Qozog‘istonda aholini ko‘chirish bo‘yicha bir nechta dasturlar mavjud. 2017 yilda birinchi prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan «Enbek» samarali bandlik dasturi ishga tushirildi. 5 yil davomida dastur doirasida mamlakatning mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan hududlaridan 34 mingga yaqin kishi ishchi kuchi yetishmaydigan hududlarga (asosan shimoliy hududlarga) ko‘chirildi. Ularning 17 mingga yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar edi. Biroq, 600 ga yaqin oila Shimoliy Qozog‘iston viloyatidagi yangi yashash joyida ildiz otmay, o‘z hududlariga qaytdi.
Dastur shartlariga ko‘ra, davlat migrantlarga nafaqat ish topishda, balki ularni ko‘chirish, kvartira ijarasi va birinchi yil uchun kommunal to‘lovlarni to‘lashda ham yordam bergan. O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlar kredit va grantlar olgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 02.06.2025
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025