Olmaliqdagi sexda tom qulashi oqibatida 4 hindistonlik halok bo‘ldi
Enter Engineering'ning metall tayyorlash sexida vaqtinchalik qurilmaning tomi qor va shamolga bardosh berolmay qulab tushgan. Oqibatda 32 nafar ishchi (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 4 nafari vafot etgan.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 20 fevral kuni soat taxminan 08:00 larda Enter Engineering kompaniyasining Olmaliqdagi metall tayyorlash sexida (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, bunga ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol sabab bo‘lgan.
Natijada 3 nafar hindistonlik ishchi voqea joyida vafot etgan, 29 nafar hindistonlik turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Ayni paytgacha ulardan 4 nafariga shifoxonadan javob berilgan.
- Kun.uz manbasiga ko‘ra, qurbonlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda.
Holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
FVVga ko‘ra, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozori”da ham savdo navesi qulashi yuz bergan. Jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid

08:46
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

13:28 / 07.03.2025
Bosh prokuratura ekologiya va qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

20:21 / 04.03.2025
“Daraxtlar atay quritilgan” – Toshkentda yashil zona yo‘q qilinib, o‘rnida qurilish boshlanmoqda

12:54 / 04.03.2025