O‘zbekistonda elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimi yaratiladi 

O‘zbekiston 09:43 / 19.02.2024 2238

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan standartlar, klassifikator va ma’lumotnomalar hamda nomenklaturalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash mo‘ljallanmoqda.

Davolash-profilaktika muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimi (Medical information system) yaratiladi (hududiy ko‘p tarmoqli shifoxonalar) va bunda 27 mln nafar bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyati taqdim etiladi.

Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimi yaratiladi.

«Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasiga tegishli vazirlik va idoralarning zarur deb topilgan axborot tizimlari integratsiya qilinadi.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi 2,2 ming nafardan ortiq IT hamshiralarining zamonaviy axborot texnologiyalari, axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari bosqichma-bosqich oshiriladi.

Faol axborot tizimlari sonini 10 tadan 20 taga yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: