O‘zbekiston quruq mevalarini Yaponiyaga eksport qilish boshlanadi 

Iqtisodiyot 13:44 / 19.02.2024 6869

«Dunyo» xabariga ko‘ra, tashrif davomida Xokkaydo prefekturasi gubernatori Naomichi Suzuki, Sapporo shahri meri Katsuxiro Akimoto, Xokkaydo universiteti vitse-rektori Aya Takaxashi, shuningdek, ARCS Group, Gorizontal Line Co.Ltd., ROYCE Confect Co., Ltd., OISCA tashkilotining Xokkaydo bo‘limi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xokkaydo universiteti vitse-rektori Aya Takaxashi bilan uchrashuv davomida yapon tomoni 2024 yilda mamlakat universitetlari bilan akademik almashinuvlarni amalga oshirish, birgalikda ilmiy-amaliy forumlar va konferensiyalar tashkil qilish, qo‘shma o‘quv dasturlari va talabalar almashinuvini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Yaponiyaning qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik ROYCE Confect Co., Ltd. kompaniyasi ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurilib, ushbu kompaniyaning xalqaro aloqalar departamenti direktori Maiko Yamazaki bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Maiko Yamazaki bilan suhbat davomida ROYCE Confect Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan qandolatchilik mahsulotlarida O‘zbekistonda tayyorlangan quruq mevalardan (mayiz, yong‘oq) foydalanish masalasi muhokama qilinib, ushbu taklif yapon tomonida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida, shuningdek, Horizontal Line Co.Ltd kompaniyasi prezidenti Ryu Xiray bilan o‘zbek milliy mahsulotlarini yapon bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi. Ryu Xiray hozirgi kunda kompaniya tomonidan Silk Raisin brendi ostida quritilgan mevalarni Yaponiyaga eksport qilish masalasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha mamlakatdan Yaponiyaga quruq mevalar, to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirish, o‘zaro hamkorlikda Xokkaydo prefekturasi savdo tarmoqlarida mahalliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: