«Siti» ochko yo‘qotdi, «Arsenal»da yana 5 ta gol. APLda kun o‘yinlari

Sport 11:46 / 18.02.2024 26100

Angliya: kuchli to‘rtlikda ikki rokirovka

«Brentford» – «Liverpul» 1:4
Gollar:
0:1 – 35 Nuniyes, 0:2 – 55 Mak Allister, 0:3 – 68 Saloh, 1:3 – 75 Touni, 1:4 – 86 Gakpo.
«Brentford» – Flekken, Roerslev (Lyuis-Potter, 63), Mi, Ayyer, Kollinz, Regilon (Goddos, 85), Nergor (Oniyeka, 63), Yyensen (Damsgor, 74), Yanelt, Mope (Vissa, 63), Touni.
«Liverpul» – Kelleher, Bredli (Gomes, 83), van Deyk, Konate, Roberson, Endo, Mak Allister (Elliott, 83), Jons (Gravenberh, 34), Diogu Jota (Saloh, 44), Dias, Nuniyes (Gakpo, 46).
Ogohlantirishlar: Regilon (45), Endo (67), Oniyeka (72).

Shanba kungi o‘yinning birinchi bo‘limida Yurgen Klopp aralash tuyg‘ularni boshdan kechirdi. Bir tomondan «Liverpul» u qadar yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. Boshqa tomondan — van Deyk to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirishi tufayli yoppasiga oldinga chiqib ketgan «Brentford» futbolchilari qarshi hujumni o‘tkazib yubordi, Nuniyes esa darvozabonni chiroyli harakat bilan dog‘da qoldirdi. Shu bilan birga, qizillar bir necha daqiqa oralig‘ida ikki muhim futbolchidan ayrildi — Jons va golli uzatma muallifi Diogu Jota maydonni erta tark etdi.

Natijada Afrika kubogidan jarohat bilan qaytgan Saloh kutilganidan ertaroq maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi. U avvaliga biroz tonusni yo‘qotgandek ko‘rindi va ikki bor hujumlarni yakunlashda sustkashlik qildi, ammo ikkinchi bo‘limda aynan uning pasidan keyin Mak Allister mehmonlarning ustunligini oshirdi. Keyin esa misrlik futbolchining o‘zi ham himoyachilardan birining ortida ochildi va yana boshqasini aldab o‘tib, gol urdi. «Liverpul»ga chempionlik poygasida qolishi uchun aynan shunday yetakchi kerak edi. Gakpo esa joker vazifasini bajarib, Salohning golini takrorladi.

«Byornli» – «Arsenal» 0:5
Gollar:
0:1 – 4 Edegor, 0:2 – 41, penalti Saka, 0:3 – 47 Saka, 0:4 – 66 Trossar, 0:5 – 78 Haverts.
«Byornli» – Trafford, Assinon (Vitino, 79), O`Shi, Estev (Teylor, 62), Delkrua, Remzi (Rodriges, 63), Braunhill, Berge, Amduni (Gudmundsson, 46), Fofana, Odober (Bruun Larsen, 80).
«Arsenal» – Rayya, Uayt (Suaresh, 69), Gabriel, Saliba, Kiver, Edegor, Rays (Jorjinio, 79), Haverts (Smit-Rou, 84), Trossar (Nketia, 69), Martinelli, Saka (Nelson, 69).
Ogohlantirishlar: Remzi (8), Assinon (39), Saka (45).

Chempionlik poygasining ikkinchi ishtirokchisida ham muammo tug‘ilmadi. «Arsenal» «Byornli» maydonida ilk hujumlardan biridayoq hisobni ochdi, Edegorning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi alohida ahamiyat kasb etdi. Endi norvegiyalik futbolchi «kanonirlar» safida urgan gollari sonini 28 taga yetkazdi. Klub afsonalaridan biri Patrik Viyeyrada ham shuncha gol bo‘lgan va Angliyada darhol parallel o‘tkazishni boshlashdi, chunki gap londonliklarning turli yillardagi ikki sardori haqida bormoqda.

Shanba kuni Edegor o‘zini haqiqiy yetakchi sifatida namoyon etib, o‘yin davomida yana ikki golli hujumda ishtirok etdi. Uning pasi Trossar jarima maydonida yiqitilgan hujumda hal qiluvchi vazifani bajardi, penaltini esa jamoa to‘purari Sakaga topshirdi, ikkinchi bo‘lim boshida ham uning uzatmasidan keyin ingliz hujumchisi to‘pni darvoza to‘sini ostidan kiritdi. «Arsenal» bu bilan tinchlanmadi va «Byornli» mudofaasini tilka-pora qildi. Hozirda Mikel Arteta jamoasi — eng tajovuzkor mehmon bo‘lib qolmoqda. O‘tgan turda «Vest Hem» maydonida 6:0 hisobini qayd etgan londonliklar bu safar beshta gol urishdi. Bu so‘nggi 5 turda ikkinchi bor 5:0 hisobi qayd etilishi bo‘ldi. Jamoa so‘nggi 5 turda 5 g‘alabaga erishgan (umumiy to‘plar nisbati 21:2) va  «Liverpul»ni ikki ochkolik farq bilan ta’qib etmoqda.

«Fulhem» – «Aston Villa» 1:2
Gollar:
0:1 – 23 Uotkins, 0:2 – 56 Uotkins, 1:2 – 63 Rodrigo Muniz.
«Fulhem» – Leno, Kastan, Rim (Bassi, 76), Diop, Robinson, Kerni, Pereyra (Traore, 75), Palinya (Lukich, 89), Villian (Ivobi, 46), Dekordova-Rid (Uilson, 64), Rodrigo Muniz.
«Aston Villa» – Martines, Kesh, Langle, Pau Torres, Moreno (Din, 81), Beyli (Diabi, 81), Remzi, Makginn, Duglas Luis, Tilemans, Uotkins.
Ogohlantirishlar: Makginn (32), Moreno (74), Palinya (86), Kastan (89), Lukich (90), Traore (90), Uilson (90).

«Tottenhem» – «Vulverhempton» 1:2
Gollar:
0:1 – 42 Gomes, 1:1 – 46 Kulusevski, 1:2 – 63 Gomes.
«Tottenhem» – Vikario, Emerson (Lo Chelso, 85), Romero, van de Ven, Devis, Meddison (Xeyberg, 85), Bissuma (Verner, 71), Kulusevski, Sarr (Bentankur, 71), Son Xyn Min, Risharlison (Djonson, 71).
«Vulverhempton» – Joze Sa, Semedu, Douson, Kilmen, Gomesh, Ait-Nuri, Sarabiya (Bellgard, 73), Lemina, Gomes, Netu (Doerti, 90), Hvang Hi Chhang (Traore, 88).
Ogohlantirish: Gomes (66).

Top-4 uchun sirtqi kurash «Aston Villa» foydasiga hal bo‘ldi va bu jamoa yana Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘ringa qaytdi. Qariyb bir yil davomida uy uchrashuvlarida tengsiz bo‘lgan Unai Emeri shogirdlari kutilmaganda «Villa Park» sehridan ayrilib qolishdi. Angliya Kubogi o‘yini qo‘shib hisoblanganda, bu yerda qatorasiga uch uchrashuvda mag‘lub bo‘lindi. Lekin safarda g‘alabalarga erishildi. Birminhemliklar avvaliga Sheffildda beshta javobsiz gol yo‘llashdi, bu turda esa  Uotkinsning dubli g‘alabani ta’minladi. U APLda safar o‘yinlaridagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi (6+6).

Shunday ekan, Uotkinsning shanba kungi muvaffaqiyati tasodif emasdi. «Vulverhempton» yarimhimoyachisi Joau Gomeshning sermahsulligi esa ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Portugaliyalik ushbu futbolchi bungacha Angliyadagi 32 o‘yinida faqat bir bor gol urgandi, bu safar esa ikki qaytarib bo‘lmas zarbasi bilan «Tottenhem»ni nokautga uchratdi. Gomeshning qarshi hujum yakunida Pedru Netuning uzatmasini bir teginishda darvoza to‘riga yo‘llashi g‘alaba goliga aylandi. «Shporlar» yil boshidan buyon har ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotmoqda va shu tufayli jamoa beshinchi o‘ringa tushib ketishi ajablanarli emas. Qolaversa, «bo‘rilar» — London klubi uchun noqulay raqib, bu jamoaga qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lindi.

«Manchester Siti» – «Chelsi» 1:1
Gollar:
0:1 – 42 Sterling, 1:1 – 83 Rodri.
«Manchester Siti» – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akandji, Ake, Foden, de Bryuyne, Rodri, Holand, Alvares (Bernardu Silva, 64), Doku.
«Chelsi» – Petrovich, Gyusto, Disasi, Koluill, Chiluell, Gallaher, Fernandes, Palmer (Chaloba, 71), Kaysedo, Sterling (Nkunku, 64), Jyekson (Kazadei, 82).
Ogohlantirishlar: Kaysedo (35), Palmer (60), Petrovich (62), Bernardu Silva (85).

«Manchester Siti» APLda qatorasiga olti g‘alabadan (barcha turnirlar qo‘shib hisoblanganda 11 g‘alaba) keyin ochko yo‘qotdi. O‘ziga kela boshlagan «Chelsi» (bungacha safarda ikki g‘alabaga erishilgandi: «Aston Villa» Angliya Kubogidan chiqarib yuborilgan va «Kristal Pelas» etilgan) amaldagi chempionni to‘xtatib, «shaharliklar»ning raqobatchilari bo‘lgan «Liverpul» va «Arsenal»ga yordam berib yubordi. 

«Siti» hafta o‘rtasida YeChL pley-offi doirasida «Kopenhagen»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin boshlang‘ich tarkibda uchta o‘zgarish qildi, ammo bular Xosep Gvardiolaning xohishi bilan emasdi. Grilish jarohatlangan, Bernardu Silva ham o‘yinga tayyor emasdi, bundan tashqari Stounz ham zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Doku, Alvares va Akanji esa boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi. Ularning uchinchisi «Siti» to‘pga egalik qilayotganda tayanch zonasiga chiqdi.

O‘yin kutilganidek maydonning «Chelsi» darvozasi joylashgan qismida kechdi, Gvardiola jamoasi to‘pga egalik qilish borasida ikki barobar ustunlikka erishdi. Ammo londonliklarga xavfli hujumlar uyushtirish uchun to‘pga egalik qilishning hojati bo‘lmadi va jamoa «Enfild»da bo‘lgani kabi sochilib ketmadi. Ko‘klar jamoasi Angliya chempionlari taklif etgan tezlikka bardosh bera olishdi. Qolaversa, Maurisio Pochettino jamoasi xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi, chunki mezbonlar har safar ham to‘p yo‘qotilganida uni tezda qaytarib ololmadi.

«Chelsi» safida, albatta Palmer – «Siti» tarbiyalanuvchisi va sobiq futbolchisi diqqat markazida turdi (u APLning 21 o‘yinida 16 ochko jamg‘argan – 10 gol va 6 uzatma). U o‘ng qanotdan joy oldi, u to‘p bilan ko‘p muomala qilmadi, ammo xavfli vaziyatlar yarata oldi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Koulning Gyustoga superpasidan keyin qarshi hujum amalga oshdi, bu hujum Jyeksonning goli bilan yakunlanishi kerak edi. Ammo forvard qadam tashlashda mo‘ljal ololmadi va to‘pga birinchi teginishda xato qildi, uning zarbasi Edersonga katta qiyinchilik tug‘dirmadi. Pochettinoga havas qilib bo‘lmaydi – uning oldingi jamoalarida Keyna yoki Mbappe darajasidagi yulduzlar harakat qilgan. «Siti»da bu qadar yaqqol vaziyat yuzaga kelmadi, Holand to‘p burchakdan uzatilgan vaziyatda Chiluell bilan yakkakurashdan keyin gazonga yiqildi, ammo 50 ga 50 vaziyatda hakamlar londonliklar darvozasiga penalti qo‘ymaslikka qaror qildi.

«Siti»ning tanaffusga qadar o‘yini zarbalar bo‘yicha faktda ham aks etdi, mezbonlar darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar bo‘yicha ortda qolishdi (2:3). «Chelsi» esa himoyachilar ortiga uzatmalar oshirishda davom etdi. Sterling ikki bor yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. U birinchi holatda qaror qabul qilishda chalkashib ketib, to‘pni shunchaki yo‘qotgan bo‘lsa, ikkinchi holatda raqib jarima maydonida bir harakat bilan Uolkerni yo‘ldan oldi va to‘pni olis burchakka joylashtirdi va Pepni aqldan ozdirayozdi.

Bu hujum ham Palmer ishtirokida amalga oshirildi.

Ikkinchi bo‘lim «shaharliklar»ning kuchli bosimi bilan boshlandi. Gvardiola jamoasi «oltin» uchun poygada raqiblarni oldinga o‘tkazib yuborishni aslo istamasdi. «Chelsi» jarima maydonida yana bir bahsli epizod yuzaga keldi, De Bryuyne nozik uzatma amalga oshirganida Uolker Sterling bilan kurashdan keyin yiqildi. Videotakrorda Rahim raqibining oyog‘iga urilgani ko‘rindi, ammo hakam Kayl birinchi bo‘lim raqibini turtgan deb topdi, VAR-assistentlar esa uning qaroriga qo‘shildi.

Keyin esa hisobda oldinda borayotgan «Chelsi» uchga uch ko‘rinishidagi tezkor qarshi hujumni o‘tkazib yubordi. Ammo shu kuni faoliyatidagi eng yomon o‘yinlardan birini o‘tkazgan Holand gol ura olmadi. Bu uning «Chelsi» jarima maydonida to‘pga oltinchi bor teginishi va beshinchi zarbasi edi, ammo Erlingga shu oqshom aniqlik yetishmadi.

«Chelsi» hisobni saqlash uchun «avtobus» qo‘ymadi va qarshi hujumlar bilan yana necha bor «tishlarini ko‘rsatib qo‘ydi». Sterlingda dubl qayd etish uchun yana bir juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi, ammo Ederson yaqin masofadan yerlatib berilgan zarbani oyoqlari bilan to‘sishga erishdi. Ammo umuman olganda, Pochettino jamoasi ikkinchi bo‘limda ancha qiynaldi, «Siti» maksimal intensivlikni yoqqandi.

Ayniqsa 60-daqiqadan keyin o‘yin faqat bir darvoza tomon kechdi. «Chelsi»ning eng faol futbolchisi Sterling maydonni tark etdi: shundan keyingi 20 daqiqalikda zarbalar nisbati mezbonlar foydasiga 11:2 ko‘rinishini oldi.

Mezbonlar to‘pni maydonning uchinchi qismida olib yurishdi va «Chelsi» jarima maydoni ichida erkin harakatlanishdi, ammo hadeganda gol ura olishmadi. Holand qulay pozitsiyalardan turib xato zarba berishda davom etdi va hatto darvozabon hududidan bergan zarbasi aniq bormadi. Va mezbonlar faqat Petrovich darvozasiga yo‘llangan 27-zarbada aniq harakat qilishdi – Rodri qaytgan to‘pni bor kuchi bilan tepdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Gvardiola jamoasida mehmonlarni taslim etish uchun 10 daqiqadan ko‘proq vaqt qolgandi, ammo «Chelsi» hujumlarni qaytardi. Qolgan vaqt davomida ham Holand o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.

Amaldagi chempionga qarshi mavsumdagi ikkinchi o‘yinda ham durang qayd etgan «Chelsi» uchun bu qadar foyda bermaydi, jamoa hamon 10-o‘rinda qolmoqda va yevrokuboklardan umid uzmoqda. «Shaharliklar» uchun esa bu natija o‘ta yoqimsiz holat — ular uchinchi o‘rinda qoldi va peshqadam «Liverpul» bilan oradagi farq to‘rt ochkoni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: