2023 yil yakunida “O‘zbekinvest” asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining dinamik o‘sishini ta’minladi

Jamiyat 09:04 / 16.02.2024 17828

“O‘zbekinvest” kompaniyasi sug‘urta sohasini rivojlantirishda faol ishtirok etib, ijobiy rivojlanish dinamikasini namoyish etdi va 2023 yil yakuni bo‘yicha biznesning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror o‘sishni ta’minladi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2023 yildagi faoliyatining yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 1,2 trln so‘m sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta’minladi hamda 2022 yil yakuniga nisbatan hajmlarning 1,3 barobar o‘sishiga erishdi.

2016 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida yig‘ilgan mukofotlar miqdori 12 barobarga oshdi.

2023 yilda kompaniya milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 2,5 milliard dollar miqdorida sug‘urta himoyasini taqdim etdi, bu O‘zbekistonning noxomashyo eksporti qoplamasining 36 foizini tashkil etdi.

Kompaniyaning 2023 yilda erishgan asosiy yutuqlaridan biri xalqaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bozorlarida sug‘urta operatsiyalarining dinamik va barqaror rivojlanishi bo‘ldi. 2023 yil yakuniga ko‘ra, qayta sug‘urtalash mukofotlarining yalpi yig‘imi 50,4 million dollarni tashkil etdi.

Oxirgi yetti yilda kompaniyaning sug‘urta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 0,1 foizdan 48,5 foizga oshdi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi Germaniya, Shveytsariya, Yaponiya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya kabi yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va so‘nggi yetti yilda faol, nufuzli va xalqaro sug‘urta bozorining tan olingan sug‘urta kompaniyasiga aylandi. Bugungi kunda “O‘zbekinvest” kompaniyasining qayta sug‘urtalash himoyasi dunyoning 120 ta davlatida qabul qilinmoqda.

Korporativ segmentda kompaniya tomonidan 464,2 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta’minlandi, bu esa 2022 yil yakuniga ko‘ra 2 barobarga ko‘pdir.

Jismoniy shaxslarni sug‘urtalash segmentida 104,7 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilishini ta’minlanib, 2022 yil yakuniga nisbatan 167 foizga o‘sdi,1 milliondan ortiq shartnoma tuzildi.

Mamlakatimiz aholisini sug‘urta qoplamasi bilan ta’minlash ishlarini davom ettirish va “mahallabay” tamoyili bo‘yicha ishlarni tashkil etish doirasida 40,5 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobardan ortiq o‘sishi ta’minlandi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida sug‘urtadan oldingi tekshirishlarning innovatsion tizimi joriy etilishi bugungi kunda kompaniyaning umumiy mijozlar bazasidagi polislarning 87 foizi ma’lumotlarini qayta ishlash imkonini beradi.

2023 yilda 132,4 milliard so‘m miqdorida sug‘urta tovonlari to‘lanishi ta’minlandi, bu esa 2022 yilda amalga oshirilgan to‘lovlarga nisbatan 168 foizga ko‘pdir.

Kompaniyaning ishonchliligi va moliyaviy barqarorligi yetakchi xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan 2023 yilda yana bir bor tasdiqlandi.

2023 yilning may oyida «Standard & Poor’s» va «Fitch Ratings» bilan bir qatorda «katta uchlik» xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ijobiy», «Ba3» darajasiga ko‘tarilganini rasman e’lon qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sug‘urta yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning sug‘urta ishi bo‘yicha ilmiy salohiyati va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida “O‘zbekinvest” kompaniyasining bosh ofisi binosida Toshkent moliya instituti “Sug‘urta ishi” kafedrasining “O‘zbekinvest” kompaniyasidagi filiali ochilishining bo‘lib o‘tdi, unda institut talabalari va o‘qituvchilari kompaniyaning tajribali xodimlari tomonidan tashkil etilgan leksiyalar, seminarlar va treninglarda qatnashmoqdalar.

Sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlab qolishda kompaniyaning xodimlari va sug‘urta agentlarining malakasi va bilimini muntazam ravishda oshirib borishga qaratilayotgan katta e’tibor ahamiyatli bo‘ldi. 2023 yilning aprel oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasi hududiy rahbarlari Vashington universitetining (AQSh) mutaxassislari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturni o‘rganish uchun Sietl shahriga (Vashington, AQSh) tashrif buyurdilar. O‘quv dasturiga muvofiq “O‘zbekinvest” vakillari eng yirik mahalliy sug‘urta kompaniyasi – “PEMCO” sug‘urta kompaniyasida bo‘ldilar.  

Shuningdek, 2023 yil iyun oyida kompaniyaning tuman filiallari rahbarlari Pragadagi G‘arbiy Chexiya universitetining “Sug‘urtalash” kursida, avgust oyida esa Turkiya sug‘urta institutida (Istanbul) malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorini amalga oshirish maqsadida 2023 yil noyabr oyida O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta kompaniyasi hisoblangan “O‘zbekinvest” kompaniyasi mamlakat sug‘urta bozorida birinchi bo‘lib ustav kapitalining 5 foizi miqdorida “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO)ni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda ushbu aksiyalar nominaldan plyus 50 foiz miqdorida savdo qilinmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024 yil - “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari manfaatlarini ta’minlash maqsadida quyidagi ustuvor vazifalarni o‘z oldiga belgilab qo‘ydi:

- kompaniya faoliyatini raqamlashtirish va sug‘urta qaltisliklarini baholash va qarorlarni qabul qilish tizimiga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;

- kompaniyaning mijozlar bazasi - jismoniy va yuridik shaxslarning yangi, dolzarb va texnologik jihatdan ilg‘or sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali sug‘urta jarayonlarida faol ishtirokini oshirish bilan kengaytirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarning faoliyati jarayonidagi qaltisliklaridan ularni qo‘llab-quvvatlovchi imtiyozli shartlardan foydalangan holda ishonchli sug‘urta himoyasini ta’minlash;

- aholi va korporativ mijozlar uchun raqamli platformalar va mobil ilovalarda yangi istiqbolli sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish;

- jahon bozorida yetakchi qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar va brokerlar bilan hamkorlik va xalqaro qayta sug‘urtalash ko‘lamini kengaytirish.

- kompaniya xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish, shuningdek, kompaniyaning “Sug‘urta maktabi” va “Sug‘urta akademiyasi” doirasida yangi zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Shuningdek, 2024 yilda kompaniya sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash xizmatlari hajmini kengaytirish, «AI» va «Big Data» texnologiyalariga asoslangan sun’iy intellektdan foydalangan holda zamonaviy dasturiy mahsulotlarni joriy etish orqali mijozlari va xalqaro hamkorlari uchun xalqaro standartlar darajasidagi xizmat ko‘rsatishni va ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Ko‘proq yangiliklar: