Odam savdosida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Jamiyat 16:19 / 15.02.2024 18001

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbul shahrida ushlandi. Bu haqda Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.   

Ma’lum qilinishicha, Turkiya politsiyasi va O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti qidiruv boshqarmasi hamkorligida Istanbul shahrida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat olamida “Monya” laqabi bilan tanilgan 23 yoshli Munisaxon Alijonova qo‘lga olingan.

Munisaxon Alijonova odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan.  

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Avvalroq, odam savdosida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ikki ayol, shuningdek, «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Nilufar Mirxonova Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: