Andijonda fuqaro bir vaqtda 2 nafar sobiq xotiniga aliment to‘ladi

Jamiyat 12:45 / 15.02.2024 15630

Ma’lum bo‘lishicha, Jalaquduq tumanida yashovchi A.S. oilaviy kelishmovchiliklar sabab ikki marotaba uylangan va ikkala ayolidan ham farzand ko‘rgan. Biroq hozirda ularning ikkisi bilan ham yashamaydi. Sud qarori bilan ikkala ayolning foydasiga bolalari uchun aliment undirilishi belgilangan.

A.S. 2009 yildan buyon M.Q.ga va 2015 yildan esa Z.Sh.ga aliment to‘lab kelgan. Aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagani sababli ikkala sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lashi kerak bo‘lgan aliment qarzdorligi yig‘ilib qolgan.

Undiruvchilar MIBga murojaat qilib aliment pullari undirib berilishini so‘ragan. Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, aliment qarzlarini to‘lamaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi qarzdorga tushuntirilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor A.S.dan undiruvchi M.Q.ga 13,4 mln so‘m va Z.Sh.ga 22 mln so‘m aliment qarzdorligi undirib berilgan.

Avvalroq, qashqadaryolik ota aliment evaziga uch nafar farzandiga Toshkent shahridan uy olib bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: