Samarqandda davlat kadastrlar palatasi filiali xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat 17:50 / 14.02.2024 13583

Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali xodimi 39 yoshli T.D. fuqarodan tomonidan sotib olinayotgan tumanning Paxtaobod mahallasida joylashgan turar joy toifasidagi 30 sotix yerni noturar toifaga o‘tkazish hamda kelgusida uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 mln so‘m talab qilgan.

Xodim o‘z xizmat xonasida 12 mln 550 ming so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: