Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 11 yoshli qiz B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
U birinchi urinishdayoq ushbu natijani qo‘lga kiritgan.

Xatirchi tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Zarina Muxiddinova chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 qo‘lga kiritdi. Bu Navoiy viloyatida eng yaxshi natijalardan biri bo‘lgan.
Kun.uz muxbirining aniqlik kiritishicha, Zarinaning onasi Mohichexra Rustamova oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Otasi Husniddin Baratov esa tarix fanidan repititorlik qiladi.
Zarina chet tilini o‘rganish bilan bir qatorda shaxmat bilan ham shug‘ullanadi. U shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turli musobaqalarda viloyat hamda respublika darajasida turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
“Maktabimizda chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat olgan yuqori sinf o‘quvchilari ko‘p. Ammo boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida yo‘q edi. Zarina yosh toifasi bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritishda nafaqat maktab yoki tumanimizda, viloyatimizda ham yaxshi natija qayd etdi”, deydi u tahsil olayotgan maktab o‘qituvchisi Dilshoda Mustafoyeva.
Zarina Muxiddinova B2 sertifikatini ilk urinishdayoq olgan.
Eslatib o‘tamiz, OTMga o‘qishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

17:17 / 22.05.2025