Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi
Yangi kelgan 42 ta Yutong avtobusi Karmana tumani markazi va Navoiy shahrida harakatlanadi. Aprel oyida olib kelingan 18 ta avtobus ayni paytda «Navoiy» avtovokzali – Avtoyo‘l boshqarmasi hamda Tinchlik qo‘rg‘oni – «Malika» avtostansiyasi yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida qatnamoqda. Avvalroq Buxoro viloyati uchun Xitoydan 27 ta avtobus xarid qilingan edi.

Foto: Transport vazirligi
Navoiy shahri aholisiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish uchun Xitoydan zamonaviy avtobuslar olib kelindi, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, ushbu avtobuslar «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida olib kelingan.
Birinchi bosqichda joriy yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 ta zamonaviy avtobuslarning «Navoiy» avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi» va Tinchlik qo‘rg‘oni – «Malika» avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Ikkinchi bosqich doirasida esa kuni kecha viloyatga 42 ta Yutong avtobuslari olib kelingan.
Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.
Avvalroq Buxoro viloyati uchun Xitoydan zamonaviy Zhongtong avtobuslari xarid qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025