«Toshshahartransxizmat» ishi doirasida yana bir necha kishi ushlandi

O‘zbekiston 17:25 / 12.02.2024 14785

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B. o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

  • Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida «Toshshahartransxizmat» AJ raisi (bir vaqtning o‘zida Transport vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi
  • Anvar Jo‘rayev 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» raisi bo‘lgan, biroz muddat ishdan olinib, 2019 yilda yana shu lavozimga qaytarilgan.
Ko‘proq yangiliklar: