Apple bir vaqtning o‘zida iPhone 16 beshta versiyasini tayyorlamoqda 

Fan-texnika 21:54 / 12.02.2024 52746

Ijtimoiy tarmoqda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhone smartfonlari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bir vaqtning o‘zida iPhone 16 liniyasining beshta modelini tayyorlamoqda. 

Gap quyidagi modellar haqida:

- iPhone 16 – 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, ikkita kamera;

- iPhone 16 Pro – 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, uchta kamera;

- iPhone 16 Pro Max – 6,9 dyuymli 120 Gs ekran, uchta kamera, rekord darajadagi batareya.

- iPhone 16 SE va 16 Plus SE – 6,1 va 6,7 dyuymli 60 Gs ekran, bitta kamera, kichikroq batareya, arzonroq narx. 

Shunday qilib, bu yil asosiy Plus bo‘lmaydi va uning o‘rnini SE prefiksi bilan ikkita yangi model egallaydi. Ular o‘rta budjet segmentida sotilishi kutilmoqda. 

Insayderning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlarga 100 foiz amin emas. Lekin u Apple haqiqatan ham bitta kamerali va 60 Gs ekranli smartfonni sinovdan o‘tkazayotganini aniq tasdiqlashi mumkin. 

Avvalroq, ixcham iPhone 12 va 13 mini sotuvi o‘zini oqlamagach, Apple «mini» versiyasini katta ekranli «plyus» bilan almashtirdi. Ammo bu modellar ham foydalanuvchilar orasida, ayniqsa Pro modellariga nisbatan unchalik mashhur bo‘lmadi, shuning uchun iPhone 16 Plus modelidan voz kechish mantiqiy ko‘rinadi. 

Yangi Apple smartfonlarining chiqarilishiga hali ko‘p oylar bor, biroq tarmoqda iPhone 16 haqida yetarlicha mish-mishlar to‘planib qolgan. Eng ko‘zga ko‘ringan yangilanishlardan biri bu Pro modellari displeyining kattalashuvi va kamerani boshqaruvchi yangi tugmaning paydo bo‘lishi. 

Ko‘proq yangiliklar: