Osiyo kubogi-2023. Qatar Iordaniyani mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Osiyo chempioniga aylandi

Sport 22:15 / 10.02.2024 32106

Osiyo kubogi-2023 finalida mezbon va amaldagi chempion Qatar turnir kashfiyotiga aylangan Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi.

«Lusail» stadionida turnir finallaridagi muxlislar tashrifi rekordi – 86 492 tomoshabin qarshisida o‘tgan hal qiluvchi bahsda xitoylik hakam tomonidan belgilangan uchta penalti bosh sovrin taqdirini hal qildi.

Final bilan birga turnir qahramoniga aylangan Akrom Afif 22, 73 va 90+5-daqiqada penaltilardan uch marta foydalanib, Qatarga turnirdagi ketma-ket ikkinchi chempionlikni keltirdi – 3:1. 

Shu bilan birga Afif het-trigi evaziga to‘purarlar ro‘yxatida Aymanni (6ta gol) ortda qoldirib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi goleadoriga aylandi.

Qayd etish joiz, Qatar bu turnirda faqatgina O‘zbekiston milliy jamoasini chorakfinal o‘yinida mag‘lub eta olmadi va penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga yarimfinalga chiqqandi.

Osiyo kubogi-2023. Final
Qatar – Iordaniya - 3:1

Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)
Beshinchi hakam: Andrey Tsapenko (O‘zbekiston)
Gollar: Akrom Afif 22 penaltidan, 73 penaltidan, 90+5 penaltidan – An-Naymat 67.
Qatar: 22.Mashal Barsham, 3.Al Mahdi Ali Muxtor (16.Bualem Xuxi, 81), 4.Muhammad Va’d Al Bayati, 5.Tariq Salmon, 9.Yusuf Abdurizaq (17.Ismoil Muhammad, 63), 10.Hasan Al Haydos (6.Abdul Aziz Hatim, 53), 11.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 19.Almoyez Ali, 20.Ahmad Fathi Abdulla, 24.Jassim Jobir Abdusallam (8.Ali Asad, 53).
Iordaniya: 1.Yazid Abulayla, 3.Abdullah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8.Nur Al Din, 9.Ali Olvan, 10.Musa At-Tamari, 11.Yazan An-Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (18.Saloh Ratib, 80), 17.Salim Al Ajalin, 21.Nizar Ar-Rashdan, 23.Ehson Haddad.

Ko‘proq yangiliklar: