Toshkentdagi xonadonlardan birida Turkiston oq laylaklari saqlanayotganligi aniqlandi

Jamiyat 08:02 / 06.02.2024 27851

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xonadonlardan birida laylak saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida tumandagi Guruchariq mahallasi xonadonlarining birida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 1 juft Turkiston oq laylaklari saqlanayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Fuqaro B.A. qushlarni o‘tgan yilning yoz oyida Sirdaryo viloyati hududida qanotlari singan holda topib olganligini hamda ularga yordam ko‘rsatib, parvarish qilib kelayotganligini bildirgan.

Fuqaroga yovvoyi, shuningdek, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlarni uyda noqonuniy saqlash mumkin emasligi tushuntirilgan hamda oq laylaklar tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan.

Oldinroq O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni yo‘q qilganlik uchun jarimalar miqdori 10 baravarga oshirilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: