O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan valutalar qatoridan joy oldi

Iqtisodiyot 21:04 / 06.02.2024 30852

O‘zbek so‘mi so‘nggi o‘n yil ichida AQSh dollariga nisbatan eng qadrsizlangan milliy valutalar ro‘yxatida 8-o‘rinni egalladi. Reyting Creative Planning kapital boshqaruv kompaniyasi tomonidan tuzilgan. 

Qayd qilinishicha, so‘nggi 10 yil ichida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan 82,3 foizga zaiflashgan, bu possovet mamlakatlari valutalari orasida eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, Ukraina grivnasi 77,5 foizga, qozoq tengesi 65,4 foizga, Rossiya rubli 61,3 foizga, tojik somoniysi 56,3 foizga, qirg‘iz so‘mi 43,3 foizga arzonlashgan. 

Markaziy Osiyodagi eng barqaror valuta turkman manati bo‘ldi, u atigi 18,4 foizga arzonladi. 

Arman drami va Shveytsariya franki so‘nggi o‘n yil davomida dollarga nisbatan narxi ko‘tarilgan yagona ikkita valutadir - mos ravishda +1,1 foiz va 3,1 foiz. 

Eng qadrsizlangan valuta Venesuela bolivari bo‘lib, uning o‘n yil ichida pasayishi deyarli 100 foizni tashkil etdi. Shuningdek, eng ko‘p zaiflashgan valutalar qatoridan Suriya funti (-99,1 foiz), Argentina pesosi (-99,1 foiz), turk lirasi (-92,3 foiz) va Surinam dollari (-91,2 foiz) ham joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: