Navoiyda 10 marta “radar”ga tushib jarima to‘lamagan haydovchining mashinasi xatlandi

Jamiyat 07:50 / 06.02.2024 13382

Xatirchi tumanida qoidabuzarlik sodir etib, to‘lamay yurgan haydovchining Lacetti mashinasi MIB tomonidan xatlandi. Bu haqda MIB Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, MIBning Xatirchi tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.F.ga nisbatan IIB YHXB tomonidan qo‘llanilgan 10 ta ma’muriy bayonnomaga asosan 6 mln 120 ming so‘m, 91 mln so‘m kredit va 4,5 mln so‘m boshqa qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lgan. Haydovchi ushbu qarzdorliklarni to‘lamagach, unga tegishli tegishli bo‘lgan Lacetti mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Haydovchi 10 ta holatda ham tezlik cheklangan hududlarda tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.

Oldinroq Toshkentda 88 marta jarimaga tushib, to‘lamagan haydovchining Spark mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgani xabar qilingandi.  

Ko‘proq yangiliklar: