MIB kubalik ayolni turmush o‘rtog‘i bilan yarashtirib qo‘ydi

Jamiyat 19:46 / 06.02.2024 16144

MIBning yordami bilan kubalik fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan yarashdi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, MIBning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga sud ijro hujjatiga asosan qarzdor M.N.dan asli Kuba davlatidan bo‘lgan undiruvchi  L.B. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan. 

Davlat ijrochisining huquqiy tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari davomida ijro ishi yurituvi tamomlanib, oila yarashtirilishiga erishilgan.

Oldinroq Toshkentda uch nafar sobiq xotinidan aliment qarzdorligi uchun 15 sutkaga qamalgan erning qarzlarini uning 4-xotini to‘lagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: