"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi

Jamiyat 18:54 / 05.02.2024 11741

Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi Yandeks biznesini 475 milliard rublga sotish bo‘yicha xususiy investorlar konsorsiumi bilan bitim tuzdi. Endilikda Yandex N.V. guruhning asosiy kompaniyasi hisoblanmaydi, yangi bosh kompaniya xususiy va mustaqil ravishda aksiyalari Moskva birjasida sotiladigan Xalqaro  Aksiyadorlar kompaniyasi (MKAO) "YANDEX" bo‘ladi.

Yandeks jamoasi guruhining bizneslari, xizmatlari va aktivlari o‘zida saqlanib qoladi, xorijiy startaplar (Nebius, Toloka, Avride i TripleTen) va Finlyandiyadagi ma’lumotlar markazi bundan mustasno.

MKAO "Yandeks" ning asosiy egasi Yandex menejyerlari boshchiligidagi "Konsorsium.Pervyy" yopiq investitsiya fondi, shuningdek, to‘rtta mustaqil va xususiy ishtirokchi kompaniyalar bo‘ladi. Kompaniya ta’kidlaganidek, aksiyadorlarning hech biri kompaniyaning nazorat paketiga ega bo‘lmaydi.

 Yandex boshqaruv jamoasi kompaniya boshqaruvini va "Menejyerlar jamg‘armasi"ni yaratish orqali asosiy qarorlarni qabul qilish huquqini saqlab qoladi. Ushbu fond direktorlar kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida alohida masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinganda alohida huquq va veto huquqiga ega bo‘ladi.

Yangi tuzilma investorlar, hamkorlar, foydalanuvchilar va xodimlarga kompaniya biznesining istiqbollari va barqarorligiga ishonchni ta’minlab, Yandex'dagi odatiy boshqaruv jarayonlarini saqlab qolishga va’da beradi. Yandex biznesini sotish bo‘yicha bitim Yandex N.V. aksiyadorlari va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: