Navoiyda o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchilarini kaltakladi 

Jamiyat 18:59 / 05.02.2024 13714

Navoiy shahridagi 18-son maktab o‘qituvchisi dars paytida o‘quvchilarni kaltaklagan. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 1 fevral kuni o‘qituvchi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchisini kaltaklagan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qizil kiyimli erkak sinf xonasiga kirib, oxirgi qatorlarda o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga musht va shapaloq tushirgani ko‘rinadi. 

O‘quvchilardan birining onasi ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: