Taxtaqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘li qordan tozalanib, transport vositalari harakati uchun ochildi.

Foto: Transport vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, amalga oshirilgan zarur tadbirlardan so‘ng Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘libugun 2024 yil 4 fevral kuni soat 10:05 dan avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan.
Dovondagi yo‘l noqulay ob-havo tufayli 2024 yil 3 fevral kuni tunda vaqtincha yopilgan edi. Yo‘l maxsus texnikalar yordamida qordan tozalangan va muzlamalarni bartaraf etish uchun qum-tuz aralashmasi sepib chiqilgan.
Mavzuga oid

20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi

11:14 / 29.01.2024
Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

18:13 / 14.04.2023
Taxtaqoracha dovonida yuk avtomobili jarlikka quladi

13:16 / 01.02.2023