Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023 yilda xorijdan 3,4 mln dona mobil telefon import qilingan. Ularning qiymati 240,1 mln dollarga teng bo‘lgan.
Mobil telefonlar importi 2022 yil bilan solishtirilganda 476 mingtaga oshgan.
2023 yil mobaynida mobil telefonlar eng ko‘p quyidagi davlatlardan olib kirilgan:
- Xitoy – 3,1 mln dona;
- Vetnam – 276,8 ming dona;
- Hindiston – 37,2 ming dona;
- BAA – 7,8 ming dona