Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Savdo va xizmat ko‘rsatish turlari, ayrim mahsulotlarni O‘zbekistonga olish kirish QQSga tortiladi.
Jumladan:
- savdo aylanmasi bo‘yicha;
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.
O‘zbekiston hududiga olib kirishda:
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari;
- tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar;
- shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.
Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
- suv ta’minoti;
- kanalizatsiya;
- sanitariya jihatdan tozalash;
- issiqlik ta’minotiga QQS hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, hozirda ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanib kelinmoqda.