Klaviaturada emas, ruchkada yozish miyani yaxshiroq rivojlantiradi – tadqiqot

Jamiyat 17:33 / 01.02.2024 6252

Norvegiya fan va texnologiya universiteti ruchkada va klaviaturada yozganda miya qanday ishlashi ustida tadqiqot o‘tkazdi. 20 yoshlar atrofidagi 40 nafar talaba qatnashgan o‘rganishlarga ko‘ra, qo‘l ruchkani ushlab yozganda miyadagi bog‘lanish shakllari klaviaturada harf tergandagidan murakkabroq bo‘ladi. Qo‘lda yozilganda markaziy va bosh miyadagi tarmoq markazlari va tugunlari o‘rtasida murakkab bog‘lanish kuzatiladi. Miyaning bu sohalarida va bunday chastotalarda ulanish shakllari xotirani shakllantirish va yangi ma’lumotlarni kodlash uchun juda muhim. Shuning uchun ham biror narsani o‘rganayotganda an’anaviy usulda yozish foydali.

Tadqiqot qo‘lda yozish natijasida miyadagi faollik oshadi va o‘rganish qobiliyati yaxshilanadi deb xulosa qilgan. Shuning uchun olimlar maktabda bolalar erta yoshdan ko‘proq yozish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishini maslahat beryapti.

Maktabda qo‘l yozuvi amaliyotdan foydalanish muhim va shu bilan birga rivojlanib borayotgan texnologik yutuqlarni kuzatib borish ham muhim. Ma’lum bir o‘rinlarda an’anaviy qo‘l yozuvi, yana boshqasida klaviatura bilan mashq qilgan ma’qul”, – deyiladi tadqiqotda.

Ko‘proq yangiliklar: