Surxondaryoda xotinini tandirda tiriklayin yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Jamiyat 20:50 / 31.01.2024 14692

Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida xotinini tiriklayin tandirda yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi. 

Qayd qilinishicha, S.K. ismli erkak xotinini xiyonat qilganlikda ayblab, er-xotinlik munosabatlariga kirishmay qo‘ygani uchun qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan. 

U uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i oshxonada tandirga o‘t yoqayotgan vaqtida uning ko‘krak qafasiga musht tushirib, yonib turgan tandirga tiriklayin tashlab yuborgan. Shundan so‘ng, tandirning ichiga o‘tin va yonishi mumkin bo‘lgan boshqa ashyolarni tashlagan va jinoiy rejasini oxirigacha amalga oshirish maqsadida oshxonaning eshigini yopib qo‘ygan. 

Sud tibbiy ekspertizasi ayolning tanasi 100 foiz termik kuyganini aniqlagan. Uning o‘limiga «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohatlar» sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. 

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: