Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan ayol ushlandi

Jamiyat 10:27 / 30.01.2024 5971

Farg‘ona viloyati IIB hamda Qo‘qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan 45 yoshli ayol ushlangan.

Qo‘qon shahar “Artizanbo‘yi” MFYda yashovchi M.Sh. 100 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositasini 9,5 mln so‘m evaziga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Shuningdek, u yashash xonadonida 10 dona “Tropikamid” va 61 dona “Lirika” nomli kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositasini saqlab yurgani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: