O‘zbekiston va Xitoy multimodal konteyner tashuvlarini birga amalga oshirishga kelishib oldi
Xitoy bilan multimodal konteyner tashuvlari rivojlantiriladi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Xitoyning Shandong provinsiyasi Tszinan shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi, «Temiryo‘lkargo» AJ va Xitoyning Shandong Port Logistics Group Co., Ltd kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Shandong Port Logistics Group Co., Ltd kompaniyasi raisi Van Vey, transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, «Temiryo‘lkargo» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Oybek Jabborov ishtirok etdi.
Tomonlar port va logistika resurslariga tayangan holda, multimodal konteyner tashuvlarini birgalikda amalga oshirish, butun logistika jarayonida axborot almashinuvini ta’minlash bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Tadbir so‘ngida Shandong Port Logistics Group Co., Ltd kompaniyasi hamda «Temiryo‘lkargo» o‘rtasida mavjud logistik imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kompaniya yuk aylanmasi bo‘yicha Xitoyda 1-o‘rinda, dunyoda esa 3-o‘rinda turadi.
Mavzuga oid

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025