Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Jamiyat 16:11 / 21.01.2024 9470

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgani aniqlangan.

Qonunbuzardan 410 litr qo‘lbola yog‘, 522 kg chigit, 4 dona elektr dvigatel, juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: