Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston YaIM 1 kvadrillion so‘mdan oshdi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 yilda 6 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 1 kvadrillion 66,5 trln so‘m yoki 90,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaIM 29,3 mln so‘m yoki 2494 dollarga yetdi.

Foto: Kun.uz
2023 yilda O‘zbekistonining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 66,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 yilda 6 foizga o‘sgan.
Xususan, sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6 foizni tashkil etib, YaIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 1,5 foiz punktga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, YaIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 1 foiz punktga, xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi 6,8 foizni tashkil etib, YaIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2,6 foiz punktga baholangan.
Shuningdek, qurilish sohasi 6,4 foizga, sof soliqlar miqdori 7,4 foizga o‘sgan.
O‘tgan yili respublika iste’mol sektorida inflatsiya darajasi 8,8 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 9,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa o‘rtacha 7,7 foizga qimmatlashgan.
2023 yilda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha rasmiy kursi 11 741 so‘mga teng bo‘lgan. Shunga ko‘ra, mazkur kurs bo‘yicha hisoblangan YaIM hajmi 90 mlrd 841 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 mlrd 457 mln dollarga ko‘p.
O‘tgan yili aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi 29,3 mln so‘m (o‘sish 16,3 foiz) yoki 2494 dollarga (o‘sish 9,4 foiz) yetgan. Bunda, yil davomidagi doimiy aholi soni o‘rtacha 36 mln 412 ming kishi deb olingan.
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:25 / 07.07.2025
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025