Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqorat qilganlar 10 sutkaga qamaldi
Koson tumanida 4 nafar erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga olgan va uni Telegram`da tarqatgan. Ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yo‘ldan o‘tib ketayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqoratlagan erkaklarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Milliy TV telekanali dasturida xabar berildi.
4 nafar erkak yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarining avtomashinasini videoga olib, xodimlarni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Videoni Telegram orqali turli guruhlarga jo‘natgan.
«7 yanvar kuni o‘rtoqlarimiz bilan yig‘ildik. Spirtli ichimlik ichib olgandik, keyin tashqariga chiqdik. O‘sha vaqtda mahallamizning Telegram guruhiga yo‘ldan o‘tayotgan GAI mashinasiga qarab haqoratli so‘zlar ishlatdik», — deydi erkaklardan biri.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudi hukmi bilan ularning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025