Infinix O‘zbekistonda HOT 40 seriyali smartfonlarini sotuvga chiqardi

Jamiyat 18:25 / 19.01.2024 7260

Infinix halqaro texnologiya kompaniyasi HOT 40 Pro, HOT 40 va HOT 40i’ni o‘z ichiga olgan HOT 40 to‘liq seriyasini sotuvga chiqardi va geymerlarga hamyonbop smartfonlarni taklif qildi. Oldingi avlod bilan taqqoslaganda yangi mahsulotlar sezilarli darajada kuchliroq protsessorlar, yaxshilangan ekranlar, kengaygan kamera imkoniyatlari va yangi dasturiy ta’minot versiyasiga ega. Shu bilan birga, seriya hali ham tez zaryadlashni va o‘yinlarda yuqori sifatda ishlashni taklif qiladi.

“HOT 40 seriyali smartfonlar ajoyib ishlashi va estetik jihatdan hayratlanarli dizayni bilan ajralib turuvchi zamonaviy xususiyatlari bilan yetakchilik qiladi. U Infinix kompaniyasining innovatsion texnologiyalarni uslub va amaliylik bilan uyg‘unlashtirib, foydalanuvchilarga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish g‘oyasini o‘zida mujassam etgan va bularning barchasi maqbul narxda”, - deydi Infinix kompaniyasining HOT seriyali mahsulotlar direktori Summer Yao.

Mobil o‘yinlar

HOT 40 seriyali smartfonlar 5000 mA/soat sig‘imli katta akkumulyator va individual “Marafon chidamlilik” yechimiga ega, natijada, batareya zaryadining so‘nggi besh foizi qolganda ham 2 soatgacha suhbatlashish mumkin.

HOT 40 real vaqt rejimida haroratni kuzatish maxsus tizimi bilan 33 Vt tez zaryadlash imkoniyatiga ega. Ushbu yechim tufayli atigi 35 daqiqada 20% dan 75% gacha zaryadlash imkoni bor va quvvatni sezilarli yo‘qotishlarsiz batareyaning umumiy ishlash muddati 4 yilgacha bo‘ladi. Model, shuningdek, teskari zaryadlash funksiyasi bilan jihozlangan.

O‘ta tezkor sakkiz yadroli protsessor va samaradorlik

HOT 40 ekrani diagonali 6,7 dyuym, 1080x2640 piksel va yangilanish tezligi 90 Gs bo‘lib, silliq o‘tish va aniq tasvirlarni kafolatlaydi. Matritsa ham IPS, eng yuqori yorqinligi 500 nitni tashkil qiladi.

Ekranda, shuningdek, “Magic Ring” tizimi mavjud bo‘lib, u tabletka shaklidagi qora chiziqdan iborat bo‘lib, selfi kamerasi uchun kesilgan joy mavjud. Bu smartfon egasiga bildirishnomalar mavjudligini ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, Magic Ring real vaqt rejimida zaryadlash eslatmalari, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish kabi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Sozlamalar - maxsus xususiyatlar - Magic Ring bo‘limiga o‘tish orqali ushbu xususiyatni topishingiz va yoqishingiz mumkin.

HOT 40 12-avlod texnologik energiya tejovchi Helio G88 protsessorini oldi, u kundalik vazifalarni samarali bajara oladi va zamonaviy o‘yinlarning ko‘pchiligini muammosiz boshqara oladi, smartfon esa yuqori sensorli sezgirlik tezligini qo‘llab-quvvatlaydi va qurilma egasining buyruqlariga yashin tezligida javob beradi.

Yuqori samarali Helio G88 chipi tezkor operatsion tizim va ilovalarga javob berish uchun 2,0 GGs chastotada ishlaydigan ikkita kuchli Arm Cortex-A75 yadrosini o‘z ichiga oladi.

Smartfon uchun qo‘shimcha quvvat 16 Gb gacha kengaytiriladigan 8 Gb tezkor xotira va 256 Gb gacha doimiy xotira UFS 2.2 bilan ta’minlanadi, buning yordamida ilovalarni yuklash deyarli bir zumda sodir bo‘ladi. Qurilma, shuningdek, telefonning holati haqida ogohlantirishlar va foydali ma’lumotlarni yuqori darajada boshqarishni ta’minlaydigan individual «Aqlli panel» yechimiga ega. Model yangi o‘yin dvigateli XBOOST bilan jihozlangan.

Eng ajoyib lahzalaringizni muhrlang

Hot 40 smartfonining 50 megapikselli matritsa va NM6 sensorli asosiy kamerasi har qanday yorug‘likda rang-barang, yorqin va tiniq suratlarni taqdim etadi. Super tungi rejimi suratga olish vaqtida ko‘proq yorug‘likni aks ettirish uchun sun’iy intellekt algoritmi va katta f/1,6 diafragmadan foydalanadi. Guruh suratlarini 90 graduslik ko‘rish maydoniga ega keng burchakli obektiv yordamida olish mumkin.

2 megapikselli makro linzalari batafsil va yaqindan suratga olish uchun juda qulay. Sun’iy intellektga ega ilg‘or 32 megapikselli old kamera chirog‘i tufayli kam yorug‘likda ham ajoyib suratlarni va selfi olish imkonini beradi.

HOT 40 foydalanuvchilarga tasvirga olishning har xil rejimlarini ham taklif etadi. Maxsus portret rejimi ajoyib Boke effektini yaratadi, «Osmonni o‘zgartirish» funksiyasi esa bulutli ob-havoni sokin, quyoshli kunga aylantiradi. Maxsus dual video rejimi muhim voqea haqidagi taassurotlaringizni uzoq vaqt davomida asosiy va old kameralardan suratga olish jarayonida saqlab qolishga yordam beradi, bu esa muallifning sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatini yozib olish imkonini beradi.

Zamonaviy texnologiyalar

Alohida joylashgan antennalar o‘yin ssenariylarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Alohida integratsiyalangan Wi-Fi, Bluetooth va NFC antennalari (6 ta antenna) smartfonning ishlashini tezlashtiradigan signalni yaxshilaydi.

Dizayn nuqtai nazaridan, HOT 40 SERIES ajoyib dizayni bilan ajralib turadi, ular yulduzli teksturaga qarshi o‘rnatilgan yorqin kristallar qatlamini o‘z ichiga oladi.

Raqobatsiz dizayn yorug‘likni turli burchaklardan aks ettirgani uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradigan porlovchi yuzaga ega. HOT 40 Tillarang ufq (Horizon Gold), Yulduzli osmon (Starlit Black), Moviy palma (Palm Blue)  va yangi taqdim etilgan Yashil yog‘du (Starfall Green) ranglarida sotuvga chiqarildi. Ushbu yangi rang sxemasi qora va yashil ranglarni aralashtirish va yorqinlashtirish orqali birlashtirib, "Qutb yog‘dusi" effektini yaratadi.

Infinix HOT 40i

Bundan tashqari, O‘zbekiston bozorida Infinix HOT 40i modeli ham paydo bo‘ldi. Ushbu modelda 90 Gs chastotali Fluid Screen ekrani, 50 megapikselli asosiy va 32 megapikselli selfi kameralari, 18 Vt tez zaryadlash, 5000 milliamperli batareya, 16 Gb gacha kengaytiriladigan operativ xotira va 128 Gb asosiy xotira mavjud.

Narxlar va xaridlar

Infinix HOT 40 smartfonining 16/256 Gb xotirali versiyasi 1 800 000 so‘m narxda mamlakat bo‘ylab ixtisoslashgan do‘konlarda sotiladi.

Infinix HOT 40i 8/128 Gb xotirali versiyasi taxminiy bahosi 1 350 000 so‘m, Infinix HOT 40i modelining 16/128 GB xotirali versiyasi esa taxminan 1 450 000 so‘m deb belgilandi.

Mahsulotlarni topish uchun Infinix’ni ijtimoiy tarmoqlar va sayt orqali kuzatib boring.

Batafsil ma’lumot uchun: instagram.com/infinix_uzbekistan

Ko‘proq yangiliklar: