Infinix Note 40s'ni tanlash uchun 7 sabab

Fan-texnika 16:11 / 29.07.2024 16951

Hamyonbop narxda o‘yinbop telefon? Yaqin vaqtgacha bu orzu bo‘lgan bo‘lsa, hozirda Infinix xalqaro texnologik kompaniyasi tufayli har bir o‘zbekistonlik uchun reallikka aylandi. Kompaniya bahorda Note 40 seriyasining birinchi smartfonlarini taqdim etdi va hozirda ushbu seriyaning asosiy telefonlaridan biri - Infinix Note 40sʼni sotishni boshladi. Demak, o‘yin, dam olish va ishda hamroh sifatida Infinix Note 40sʼni tanlashning 7 sababi.

1. Har doim va har yerda tez zaryadlash

Note 40 seriyasining barcha modellari kabi Infinix Note 40s ham shunchaki kuchli tez zaryadlash texnologiyasiga emas, balki ikkinchi avlodning yangilangan texnologiyasi – Fast Charge 2.0ʼga ega. Bu smartfon quvvatlagichi 33 Vatt bo‘lib, 26 daqiqada 1 % dan 50 % gacha quvvatlansa-da, smartfonning qizib ketmasligini a’lo darajada ta’minlaydi.  Bundan tashqari, zaryadlash tezligini giper, intellektual va past haroratli rejimlar (10 darajagacha) o‘rtasida mustaqil ravishda tanlash mumkin va energiya olish jarayoni sun’iy intellekt yordamida himoyalangan.

Bundan tashqari, ByPass Charging 2.0 tizimi tufayli telefonni zaryaddan uzmasdan foydalanishda batareya isishi 4,5 darajaga kamaygan va 5000 mA/soat batareya qizib ketmaydi.

Shuningdek, smartfon boshqa qurilmalar uchun poverbank sifatida ham ishlatilishi yoki ulardan zaryad olishi mumkin, chunki u teskari zaryadlash funksiyasiga ega.

2. Kuchli

Infinix Note 40s 6 nm protsessori MediaTek Helio G99 va Cheetah X1 chipseti bilan jihozlangan bo‘lib, buning natijasida samaradorlik 204% ga oshirilgan. U aynan tez va turli xil zaryadlash turlarini qo‘llab-quvvatlash hamda qurilmaning boshqa funksionallarini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, smartfon 16GBʼgacha kengaytirilishi mumkin bo‘lgan operativ xotira va 256GB katta asosiy xotiraga ega.

3. Ajoyib, mustahkam va o‘z uslubiga ega

Bu model 6.78 dyuymli diagonalga ega AMOLED ekranga ega bo‘lib, u 3D 55 daraja egilish texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan va uning yangilanish tezligi 120 Gs ni tashkil qiladi.

Shuningdek, u Corning Gorilla Glass texnologiyasi bilan himoyalangan, ya’ni uni tushirib yuborsangiz ham xavotirga tushishingizga hojat yo‘q. Bu xalqaro texnologiya ekranni tirnalishlardan himoya qiladi, uni tashqi shikastlanishlarga chidamliroq qiladi.

Bundan tashqari, telefon IP 54 SplashProof tizimi tufayli suv tegishidan ham himoyalangan.

4. Innovatsiya

Infinix Note 40s bilan sizga hamyon kerak bo‘lmaydi. NFC moduli tufayli har qanday xaridni to‘lash uchun elektron hamyon ilovasiga kartangizni bir marta bog‘lash yetarli bo‘ladi va magazinlar, kafelar, kinoteatrlar va boshqa joylarda kassalarda osonlik bilan to‘lov qilasiz. Qo‘shimcha himoya uchun ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skanerini ishlatishingiz mumkin, bu esa telefondan faqatgina siz foydalanishingizni ta’minlaydi.

5. Musiqiy

Ishlab chiqaruvchilarining hammasi ham smartfonning ovoz sifatiga qattiq e’tibor qaratmaydi. O‘rta narx diapazonidagi smartfondan yuqori sifatli ovoz olish fantastikadek tuyuladi. Ammo Infinix o‘z xaridorlariga g‘amxo‘rlik qiladi, shuning uchun endilikda Infinix Note 40s’da videolar, filmlar, turli ko‘rsatuvlar va sport dasturlarini tomosha qilganda yoki o‘yin o‘ynaganda siz ikki akustik dinamikning ovozidan bahramand bo‘lasiz, ovoz sifati xalqaro saund-gigant va Infinix’ning rasmiy hamkori - JBL kompaniyasi tomonidan kafolatlanadi. 

6. Kreativ

Infinix Note 40s sizga har qanday ishda yordam beradi, hatto mobil fotograf bo‘lishni istasangiz ham. Chunki 108 megapikselli kamera sifati yo‘qotilmasdan 300% kattalashtirish imkonini beradi. 32 megapikselli selfi kamerasi esa ajoyib portret suratlarini olishingizga yordam beradi.

7. Sovg‘alar

Infinix Note 40s sohibi bo‘lgan har bir xaridorga Infinix MagKit – turli zaryadlash usullari uchun mo‘ljallangan to‘plam sovg‘a qilinadi. To‘plam 20 vatt quvvatli simsiz zaryadlash uchun magnit halqali qopqoq va simsiz zaryadlash qurilmasini o‘z ichiga oladi. Infinix Note 40 seriyasi bu imkoniyatlarga ega bo‘lgan birinchi Infinix smartfonlaridir. O‘zbekistonda smartfon qora obsidian va yashil vintaj ranglarda taklif etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 👉 INSTAGRAM

 
Ko‘proq yangiliklar: