2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi»da ishtirok etadigan tijorat banklari loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.
2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar «Izlanish va rivojlanish» markazlarining obektlari va ular egallagan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summa 1 foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 31 dekabrga qadar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi.
Mazkur qoida qazib olish 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.
2028 yil 1 yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi.