Farmatsevtika korxonalariga 100 mln dollar ajratiladi

Iqtisodiyot 13:22 / 18.01.2024 4351

Hujjat bilan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida «Biotexnologiya klasteri» tashkil etiladi.

Farmatsevtika yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Asakabank»ga xorijiy ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan  loyihalarini moliyalashtirish uchun 100  mln AQSh dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada moliya liniyasi ajratiladi;
  • «Asakabank» tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar nufuzli xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan 500 mln AQSh dollari miqdoridagi moliya liniyalari jalb qilinadi;
  • «Asakabank» jalb qilinayotgan kredit mablag‘larini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda farmatsevtika yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiradi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2025 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
  • Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining qisqacha parametrlari;
  • Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini faollashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi.
Ko‘proq yangiliklar: