Toshkentning uch tumani hududida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 10:05 / 17.01.2024 4288

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 17 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Mirobod tumani — “Qorasuv” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani — “Jurjoniy” MFY hamda 14-mavze, 15-mavze va 21-mavzelarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
  • Olmazor tumani — “Hofiz Ko‘xakiy”, “Zarbdor” hamda “Shoshiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: