Milliy sertifikat test natijalarini hisoblash metodikasi o‘zgardi
Milliy sertifikat imtihonlari natijalari endi xalqaro Rash modeli asosida baholanadi. Bunda abituriyentlar olgan ballini hisoblash qoidalari o‘zgarmaydi, faqat baholash metodikasida o‘zgarish bo‘ladi.

Foto: Getty Images
17 yanvar kuni o‘tgan matbuot anjumanida Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Farhod Mirzayev Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 646-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
- 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
- 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
- 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
- 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
- 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentgagina OTMning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.
B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Mavzuga oid

11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:44 / 30.01.2025
Britaniya O‘zbekiston mahsulotlarini sertifikatlashga ko‘maklashadi

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

09:00 / 09.01.2025