Beeline Uzbekistan sizni “Futbol yarmarkasi”ga taklif qiladi

Jamiyat 16:21 / 17.01.2024 3249

12 yanvar kuni Qatarda Osiyo Kubogi-2023 boshlandi – Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a’zo mamlakatlar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha mamlakatimiz milliy terma jamoasi ishtirok etayotgan 18-turniri. Ushbu tadbir sharafiga Beeline Uzbekistan barcha sport muxlislari va mijozlari uchun manfaatli takliflar, bonuslar va yoqimli sovg‘alarni olish hamda iPhone 14 Pro Max yutuqli o‘yinida ishtirok etish imkoniyati bilan “Futbol yarmarkasini” boshladi. Aksiya 2024 yil 10 fevralgacha amal qiladi.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish oson – avval Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olishingiz yoki so‘nggi versiyasigacha yangilashingiz kerak. Yangi versiya o‘rnatilgan bo‘lsa, “Futbol yarmarkasi” aksiya belgisini bosing va sovg‘ali futbol to‘plarini oching. Buni kunda uch martagacha amalga oshirish mumkin. Sovrinlar tasodifiy tarzda chiqadi — ya’ni hammada 30% chegirmali MULTI KUCH tariflari, MI-FI routerlar, brend esdalik sovg‘alari, 2 024 MB, 2 024 daqiqa va 2 024 SMS ko‘rinishidagi bonuslarni, shuningdek, Beeline TV (IVI, PREMIER, Megogo)dagi ommabop xizmatlar uchun promokodlar yoki turli hajmdagi 30 kunlik trafik paketlarini 60% chegirma bilan olish imkoniyati teng bo‘ladi.

Har kuni yarim tunda bonuslar va paketlar ro‘yxati yangilanadi, bu esa turli sovrinlarni olish imkoniyatini oshiradi.

«Biz ushbu muhim tadbir davomida mijozlarimiz va muxlislarimizni xursand qilishni va ularga bonuslar va sovg‘alar olish, shuningdek, Kubok o‘yinlarining o‘tkazilishini kuzatib borish va jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratmoqchimiz. Ishonchimiz komilki, bu aksiya nafaqat futbol muxlislarini qiziqtiradi», — deya ulashadi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Eng faol ishtirokchilarni iPhone 14 Pro Max yutuqli o‘yini kutadi, bu haqida  Beeline Uzbekistan ilovasida e’lon qilinadi. Bosh sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ilovani yuklab olish yoki yangilash, ro‘yxatdan o‘tish va o‘yin boshlanishi haqidagi e’lonni kutish kerak. Unda ishtirok etish uchun foydalanuvchi futbol o‘yini natijasini taxmin qilishi, so‘ng Beeline TVʼda ro‘yxatdan o‘tishi va kamida 15 soniya davomida istalgan videokontentni tomosha qilishi kerak. G‘olib randomayzer yordamida barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan aniqlanadi va natijalar Beeline Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efirda e’lon qilinadi.

Futbol yarmarkasi shartlari haqida batafsil ma’lumot digital-operator saytida mavjud.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistanʼda 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: