Toshkentda yuqori qavatdan chiqindi tashlagan shaxs jazolandi 

Jamiyat 21:10 / 16.01.2024 8025

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi qurilish obektlaridan birining yuqori qavatidan pastga chiqindi tashlagan shaxs jazoga tortildi. 

Holat Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi va I.K. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. 

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: