Andijon va Qashqadaryoda “valyutchik”lar ushlandi

Jamiyat 12:58 / 16.01.2024 5927

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, ikkita holatda 4 500 va 3 500 dollarni almashtirgan shaxslar ushlangan.

Jumladan, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.O. fuqaro S.X.ga 4 500 dollarni 55,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 105 ming Rossiya rubli va 70,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.Sh. va Sh.N. fuqaro E.S.dan jami 3 500 dollarni 43 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: